Qulamaydigan mototsikl prototipi namoyish qilindi (video)

Foto:24gadget.ru
Thrustcycle kompaniyasi o‘z muvozanatini o‘zi saqlovchi, ichki volanlari tufayli vertikal holatni saqlab qolishga qodir GyroCycle elektr mototsikl prototipini namoyish qildi. Bu haqida 24Gadget nashri ma'lum qildi.
Yangi transport vositasi burilishlarda avtomatik ravishda vertikal holiga qaytadi va bu holatni to‘xtash joylarida ham saqlab qoladi.
GyroCycle'ning tijorat versiyasida 8500 Vt'li litiy batareyalarini qo‘llash rejalashtirilmoqda, bu bir zaryad bilan 129 kilometrgacha masofani bosib o‘tishga hamda soatiga 121 kilometr tezlikka yetishga imkon beradi. Ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, kompaniya zavodlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan, bu esa o‘z muvozanatini o‘zi saqlovchi elektr mototsikllarini keyingi yildanoq ishlab chiqarish mumkinligini anglatadi. Uning bahosi 20 000 dollardan oshmaydi.
Mavzuga oid

14:22 / 29.04.2025
Toshkentda yuz bergan YTHda mototsikl haydovchisi vafot etdi

09:53 / 29.04.2025
Toshkentda BMW mototsikli ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

16:01 / 06.07.2024
Metanda yuradigan ilk mototsikl taqdim etildi. Uning narxi 1000 yevrodan boshlanadi

21:48 / 04.06.2024