Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mars sayyorasida ulkan muzlagan dengiz topildi
Amerika va Kanada geofiziklari Mars yuzasi ostiga yashiringan, muzlagan suvdan iborat ulkan dengizni topishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqida Geophysical Research Letters jurnalida berilgan tadqiqot xulosalariga asoslanib, NASA ma'lum qildi.
Suv muzi (50-80 foiz), qum va gazlardan iborat qatlam Utopiya tizmalarining g‘arbiy qismi yuzasidan 1-10 metr chuqurlikda joylashgan. Muzlagan hovuz 80-170 metr qalinlik hamda 14,3 ming kub kilometr hajmga ega.

Olimlar muzlagan dengizni SHARAD (Shallow Radar) radiolokatori va MRO (Mars Reconnaissance Orbiter) orbital stansiyasi yordamida topishga muvaffaq bo‘lishdi.
MRO orbital qurilmasi 2005 yilda Marsga yo‘naltirilgan, 2006 yilda esa Qizil sayyoraga yetib borgan. 2008 yilda uning asosiy missiyasi yakunlangan, biroq NASA zond faoliyatini davom ettirdi. Qurilma sayyora yuzasi s'yomkalaridan tashqari, roverlardan Yerga signal uzatishda ham ishtirok etadi.

Mavzuga oid
23:51 / 19.05.2025
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi
20:43 / 11.05.2025
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi
18:43 / 08.05.2025