O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqaruvchi xolding kompaniyaga asos solindi
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tashkil etiladi. Bu 2016 yil 17 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish, sotish va servis xizmati ko‘rsatish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga mexanizatsiyalashgan xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha maxsus aksionerlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qaroriga binoan amalga oshiriladi. Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va muvofiqlashtirish markazi shu haqda xabar qilmoqda.
Xolding tarkibiga bir nechta kompaniyalar kiradi, ularning nizom jamg‘amasidagi davlat ulushlari hisobidan xoldingning nizom jamg‘armasi tashkil etiladi.
Shuningdek, «Agrobank» ATBning nizom jamg‘armasini 2017-2019 yillarda bosqichma-bosqich 250 mlrd so‘mga ko‘paytirish belgilangan.
Bundan tashqari, yangi tashkil etiluvchi "O‘zagrotexsanoatxolding", qayta tashkil etiluvchi «O‘zagrotexmash» va «O‘zagroservis» kompaniyalari, strategik xom-ashyoni birlamchi qayta ishlovchi va ishlab chiqarish sohasidagi aksiyadorlik kompaniyalari ro‘yxatiga kiritilishi ta'kidlangan. Shunga ko‘ra, ular ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovar va xizmatlarni arzon narxda yetkazib beruvchi tabiiy monopoliyalar sifatida qayd etiladi. Shu sababli, bu kompaniyalarning nizom jamg‘armasida kamida 15 foizlik xorijiy kapital bo‘lishiga doir qonunchilik talabi joriy etilmaydi.
Mavzuga oid
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024