Jahon | 19:42 / 24.11.2016
10702
3 daqiqa o‘qiladi

Angliyada yadroviy urushdan himoyalovchi tashlandiq bunker topildi

Foto: ©Eastnews press Agency

Saffolk dalalari orasida yashiringan zanglagan metall lyukli tashlandiq beton obekt u qadar diqqatni tortmaydi. Zinalar orqali 4 metr pastga tushsangiz, sovuq urush davridagi haqiqiy bunkerni ko‘rishingiz mumkin. Bunkerdagi sharoit 1991 yildan (uni tark etishganidan) buyon o‘zgarmagan - devorda yadroviy hujum paytida nima qilish kerakligiga doir ko‘rsatmalar osig‘liq. Daily Mail nashri shu haqida ma'lumot berdi. 

Sovuq urush paytlarida bir-biridan taxminan 25 kilometr masofa farq qiladigan 1563 bunker qurilgan. Bu SSSR va AQSh munosabatlarining yomonlashib, yadroviy urushga aylanib ketishi holati uchun ko‘rilgan ehtiyot chorasi bo‘lgan. Yerdagi kuzatuvchilar hisoblangan ko‘ngillilarning vazifasiga nechta yadroviy bomba tashlangani hamda ularning qayerga tashalanishi mumkinligiga oid ma'lumotlarni to‘plash kirgan. Bundan tashqari, ular mamlakat bo‘ylab radiatsiya darajasini ham kuzatishgan. 

Yer ostida bomba kuchini aniqlovchi indikator, shuningdek  radiatsiya darajasini kuzatuvchi datchik o‘rnatilgan bo‘lib, ular tashqi dunyo bilan quvurlar orqali biriktirilgan. Yadroviy hujum amalga oshirilgan taqdirda, ko‘chalarda snaryadlar portlayotgan bir vaqtda ko‘ngillilar uch hafta davomida o‘z ishlarini davom ettirishlari kerak bo‘ladi. Ular sirenalar yordamida aholini yaqinlashayotgan havo yoki raketa hujumidan ogohlantirishlari mumkin bo‘lgan. 

Bunker 1958 yilda qurilgan va 1991 yilda tark etilgan. Devorda hali-hanuz kuzatuv uskunalarini tayyorlashga oid ko‘rsatmalar berilgan qog‘ozlar osig‘liq turibdi. 

Bunkerda matraslar, stul, xaritalar, yozishmalar, asbob-uskunalar va birinchi yordam ko‘rsatishga doir to‘plam jihozlari mavjud. 

Yaqinda bunkerda bo‘lgan kishilardan biri u yerga tushgan paytdagi klaustrofobiya hissi haqida so‘zlab berdi. "Bunkerga tushish uchun jasorat kerak, zero u yerga tushganda nimani kutishni bilmaysan. Zinadan tushayotgandayoq o‘zimni yomon his qila boshladim. Ko‘ngillililarga qanchalik qiyin bo‘lganini tasavvur qilyapman. Men u yerdagi sovuq urushning atributlaridan hayratga tushdim. Xuddi vaqt to‘xtab qolgandek bo‘ldi". 

Bunkerni tadqiq qilgan kishi ko‘ngillilarning jasoratiga tan berdi. "Men bunkerda atigi yarim soat bo‘ldim, lekin shu vaqt ichida klaustrofobiyaning kuchli xurujini his qildim". 

Sovuq urush paytidagi bunkerlarning deyarli yarmi - 1968 yilda, qolgani esa kommunistik blokning qulashidan keyin, 1991 yilda yopilgan.

 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid