Britaniyalik bokschi faoliyatidagi ilk jangidan so‘ng vafot etdi
Kelib chiqishi asli Polshadan bo‘lgan britaniyalik bokschi Kuba Mochik havaskor ringdagi birinchi jangidan so‘ng vafot etdi. U olingan og‘ir bosh miya jarohatlari tufayli hayotdan ko‘z yumgan, deb xabar bermoqda Britaniyaning Mirror gazetasi.
Jang shanba kuni o‘tkazildi. Bahsning uchinchi raundida Mochikning nomi oshkor etilmayotgan raqibi unga juda kuchli zarba berdi. Shundan so‘ng sportchi qaytib o‘rnidan tura olmagan. Bokschi tezlik bilan kasalxonaga yetkazildi. Shifokorlarning uning hayotini saqlab qolish uchun qilgan harakatlari samara bermadi. Mochik xushiga kelmay, vafot etgan.
Nashrning ta'kidlashicha, 22-yoshli bokschining o‘limiga miyaga qon quyilishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
17:23 / 04.11.2024
O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi
09:34 / 03.11.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi
10:17 / 09.10.2024
Isroil Madrimovning keyingi raqibi va jang sanasi ma’lum qilindi
10:17 / 22.09.2024