Jamiyat | 14:53 / 24.11.2016
29759
1 daqiqa o‘qiladi

“Gapimga javob bu Ibn Sino” yoxud daftar yuzasidagi gibrid alloma

Internet tarmog‘ida ajoyib surat tarqaldi. Unda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maktab daftari, uning ustida ajdodlarimizdan birining surati bor. Yaxshi o‘ylangan, chunki o‘quvchilar shu asnoda o‘z ajdodlari kimlar ekanligini daftarlariga har gal boqqanlarida yodga olishadi.

Ammo...

Mana shu daftardagi suratda Abu Rayhon Beruniy surati, uning ostida esa “Abu Ali Ibn Sino” yozuvi bor.

Bu hali hammasi emas...

Gibrid allomaning tug‘ilgan yili (1441-1501) etib ko‘rsatilgan. Bu yillarda na Beruniy yashagan, na Ibn Sino. Yanglishmasam bu Alisher Navoiyning tug‘ilgan va vafot etgan sanalari.

Ertaga katta bo‘layotgan jiyanim: Beruniyni ko‘rsatib, “Gapimga javob mana shu odam Ibn Sino bo‘ladi”, desa nima deb javob qaytaraman?

Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi

Mavzuga oid