"Kinder-syurpriz" ishlab chiqaruvchilari nima uchun ichki tergovni yo‘lga qo‘yishdi?
Italiyaning Ferrero qandolat kompaniyasi matbuot tomonidan tarqatilgan xabar yuzasidan ichki tergov ishlarini yo‘lga qo‘ydi. OAVda ko‘pchilik uchun sevimli bo‘lib qolgan "Kinder-syurpriz" shokoladlarini ishlab chiqarishda bolalar mehnatidan foydalanganlik haqida ma'lum qilingan. ABC telekanalida shu haqida xabar qilindi.
Kompaniya xodimlarining ishontirib aytishicha, uning ichki qoidalari bolalar mehnatidan foydalanishni taqiqlaydi va ma'muriyat shartnoma bo‘yicha hamkorlik qiluvchi pudratchi firmalarning bu qoidalarga amal qilishini nazorat qiladi.
"Biz Ruminiyada bunday tajribaning qo‘llanishi borasidagi gap-so‘zlardan shokka tushdik va bundan qattiq tashvishdamiz, - deydi Ferrero kompaniyasi vakili. - Biz haqiqat qaror topishi uchun darhol ichki tergov ishlarimizni boshlab yubordik".
Bundan avval Britaniyaning The Sun gazetasi Ruminiyada "Kinder-syurpriz" shokolad tuxumlarining ichiga joylanadigan o‘yinchoqning yelim konteynerlarini voyaga yetmagan bolalar qadoqlayotgani haqida xabar bergandi. Gazeta jurnalistlari Ruminiya oilasidan intervyu olishgan. Ma'lum bo‘lishicha, ularning 3 nafar farzandi (6 yoshdan 11 yoshgacha) pudratchi-firmalarning biridan materiallarni olib, shu ish bilan shug‘ullangan. Oila a'zolari qadoqlangan har mingta o‘yinchoq uchun 20 ley (6,33 AQSh dollari) olishgan.
Mavzuga oid
18:29 / 12.11.2024
Italiyada 2 mingdan ziyod soxta san’at asarlari musodara qilindi
15:17 / 11.11.2024
Italiyaning Pompey shahri xarobalariga sayohatchilar tashrifi cheklanadi
12:50 / 05.11.2024
O‘zbekiston va Italiya mevali bog‘ va tokzorlarni barpo etish bo‘yicha hamkorlik qiladi
14:38 / 30.10.2024