Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tottenhem»ning YeChLdagi muvaffaqiyatsizligi «aybdori» topildi
«Tottenhem Hotspur» rahbariyati qadrdon «Uayt Hart Leyn» stadioniga qaytish haqida o‘ylamoqda.
Jamoa yangi mavsumdan boshlab uy uchrashuvlarini «Uembli» stadionida o‘tkazib kelayotgan edi.
Daily Mail xabariga ko‘ra, futbolchilar rahbariyatdan qoniqarsiz natijalar qayd etilayotgan «Uembli» stadionidan ketishni talab qilib chiqmoqda.
Agar «Tottenhem» Chempionlar ligasi guruh bosqichida uchinchi o‘rinni egallab, Yevropa Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, u holda «Uayt Hart Leyn» stadioniga qaytishi mumkin.
Jamoa YeChLning oxirgi turda Moskvaning TsSKA jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Bu uchrashuvdagi g‘alaba yoki durang londonliklarga YeL yo‘llanmasini taqdim etadi.
«Tottenhem» «Uembli» stadionida «Monako» (1:2) va «Bayyer» (0:1) klublariga yutqazgan, ammo har bir o‘yinga 85 ming chipta sotib, rekord o‘rnatgan edi.
Mavzuga oid
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
18:52 / 01.05.2025
«To‘rt og‘ayni botirlar». Yevropa ligasi yarimfinallari oldidan
10:06 / 04.03.2025