Jahon | 14:21 / 24.11.2016
5936
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyaning Adana shahrida sodir etilgan qo‘poruvchiliklarda yaralaganlar soni 21 kishiga yetdi

Foto: DHA

Turkiyaning janubidagi Adana viloyati ma'muriy binosi yaqinida minalashtirilgan avtomobilning portlatilishi oqibatida jarohat olganlar soni 21 kishi yetgan, ulardan besh nafarining ahvoli og‘irligi aytilmoqda. Bu haqda DHA agentligi politsiyadagi manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda

Portlovchi moslama o‘rnatilgan avtomobil Adana shahri markazidagi hokimlik binosi avtomobillar to‘xtash joyida portlatilgani xabar qilingan edi. Buning oqibatida, hokim Mahmut Demirtoshning so‘zlariga ko‘ra, 2 kishining hayotdan ko‘z yumgani, 16 kishining yaralangani aytilgandi. Ayni vaqtda jinoyatni sodir etganlikda noma'lum ayol kishi gumon qilinmoqda. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid