O‘zbekiston | 16:01 / 24.11.2016
10509
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” tasarrufidagi ikkinchi Boeing 787 Dreamliner bilan ilk parvozni amalga oshirdi

Joriy yilning 23 noyabr kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi Toshkent-Dubay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi Boeing 787 Dreamliner samolyotida ilk parvozni amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Milliy avikompaniya tasarrufida bo‘lgan birinchi Boeing 787 Dreamliner bilan bo‘lgan xalqaro parvoz 2016 yilning sentabr oyida amalga oshirilgan edi. 

Ikkinchi Boeing 787 Dreamliner samolyoti “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK parkiga joriy yilning 5 noyabr kuni keltirilgan edi.

Mavzuga oid