O‘zbekiston | 19:24 / 24.11.2016
6420
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 12,9 ming tonnadan ko‘proq asal olindi

Foto: flickr.com, mbeo

Toshkentda O‘zbekistonda asalarichilikni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlarini kengaytirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkillashtirildi, deb xabar bermoqda O‘zA. 

Savdo-sanoat palatasi raisi A.Shayxov va boshqalar mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar bozorning to‘yinganligini ta'minlash, aholiga sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazishga xizmat qilishini ta'kidlab o‘tdilar. Jumladan, asalarichilikni yanada rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor, ushbu sohada ilg‘or tajribaning ommalashtirilishi o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.

Ayni vaqtda O‘zbekistonda 11940 ta asalarichilik sub'yekti ro‘yxatdan o‘tgan, asal olish hajmi 12,9 ming tonnadan ko‘proqni tashkil qilmoqda.

O‘zbekiston iqlimi bu sohani rivojlantirish uchun har tomonlama qulaydir. Keyingi yillarda uni rivojlantirish uchun zarur imtiyozlar taqdim etilgan. Asalarichilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar va fermerlarga bank kreditlari ajratilmoqda. Sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, investitsiyalarni jalb qilish, ixtisoslashtirilgan asalarichilik xo‘jaliklari sonini ko‘paytirish, ichki bozorni sifatli asal bilan yetarli miqdorda ta'minlash uchun imkoniyatlar yaratilgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid