Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda bepul taom ulashuvchi universitetlar paydo bo‘lmoqda
AQShning barcha shtatlaridagi universitetlar va kollejlarda “taom banklari” deb nomlanuvchi peshtaxtalar faoliyat yuritmoqda. Bu yerda, kam ta'minlangan talabalar, oziq-ovqat va shaxsiy tozalik mahsulotlarini bepul olishi mumkin. Shu bilan birga, bu yerga kelganlarning shaxsi noma'lumligicha qoladi, deb xabar qilmoqda insidehighered.com.
Umuman, AQSh OO‘Yuda 395ga yaqin shunday mahsulotlar peshtaxtasi ochilgan bo‘lib, ularning barchasi "Kollej va Universitetlar taom banki alyansi"ga (College and University Food Bank Alliance) qarashlidir.
Tashkilot 4 yil avval paydo bo‘lgan edi: o‘shanda uning tarkibida 15 kishi bo‘lgan. College and University Food Bank Alliance 300ga yaqin ko‘ngilli a'zosiga ega.
Talabalar uchun bepul mahsulotlar peshtaxtasi xayr-ehsonlar bilan har ikki haftada to‘ldiriladi. "Taom banklari"ga kiruvchilar o‘z shaxslarini ma'lum qilmasa-da, chiqaverishda maxsus ro‘yxatnomaga qaysi mahsulotdan qancha olganini qayd etishlari talab etiladi.
Wisconsin HOPE Lab laboratoriyasi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, ko‘plab amerikalik talabalar uchun ochlik jiddiy muammo hisoblanadi hamda ularning o‘zlashtirishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Shu boisdan, oziq-ovqat yordamini aksar talabalar faol qabul qilishgan va minnnatdorlik izhor qilishmoqda.
Masala, Jorj Vashington xususiy tadqiqot universitetidagi shunday peshtaxta xizmatidan kuniga 200dan ortiq talaba foydalanadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025