Jamiyat | 14:20 / 25.11.2016
6632
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoydagi elektrostansiyada yuz bergan fojia sababi oshkor bo‘ldi

Foto: Twitter/XHNews

Xitoyda 74 kishining hayotiga zomin bo‘lgan qurilayotgan elektrostansiyadagi fojia minorali kranning buzilishi sabab yuz bergan. Bunday taxmin, China Daily’ning xabar qilishicha, voqea tafsilotlarini o‘rganayotgan komissiya tomonidan bildirildi.

Mahalliy hukumat ro‘y bergan hodisa sabablarini jiddiy ravishda o‘rganib chiqishi haqida ma'lum qilgan. Ta'kidlanishicha, aybdorlar albatta jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni tongida qurilayotgan elektrostansiyadagi sovutish minorasi qulab tushdi. Vayrona tagida 74 nafar inson halok bo‘lgan. Jabrlanganlardan uch nafari ayni damda kasalxonada bo‘lib, ulardan birining ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid