Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Minsklik kishi mashinasiga ziyon yetkazayotgan "zo‘ravon"ni aniqlash uchun bir oy o‘z avtomobilida uxladi
Minsklik avtomobil egasi jiddiy muammoga duch keldi - noma'lum inson muntazam ravishda uning avtomobilini tirnab, ziyon yetkazib kelgan. Yarim yil ichida kuzov taxminan 20 marta tirnab ketilgan. Mashina egasining so‘zlariga ko‘ra, u avtomobilini doim hech kimga halaqit bermay, o‘z joyiga joylashtirgan.
Jabrlanuvchi videozkuzatuv tasvirlarini militsiyaga olib borgan, biroq u yerda mashinaga ziyon yetkazuvchining shaxsini aniqlay olishmagan. Shunda avtomobil egasi xat orqali "zo‘ravon" bilan aloqa o‘rnatishga harakat qilgan. Biroq bu ham yordam bermagan.

Shunda mashina egasi aybdorni shaxsan topishga kirishgan. Belarus qonunchiligi fuqaroga jinoyatchini shaxsan tutib, huquq-tartibot organlariga keltirish huquqini beradi. Minsklik kishi bir oy davomida o‘z avtomobilida uxladi va oxir-oqibat jinoyatchini tutishga muvaffaq bo‘ldi. Bu o‘z harakatlariga izoh topa olmagan keksa yoshli ayol bo‘lib chiqdi.

Ayol faqat qo‘lgan tushgan kundagi aybini tan oldi va shu kun uchun hisoblashishni taklif qildi. Avtomobil egasini bunday taklif qoniqtirmadi va u militsiyaga murojaat qildi. U yetkazilgan ma'naviy va moddiy zararni qoplashni talab qilib, sudga murojaat qilmoqchi.
Mavzuga oid
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
14:57 / 01.05.2025
Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda
08:18 / 31.03.2025
Uysiz erkak jinlarni haydayman deb, mashinani pachoq qildi
13:27 / 17.12.2024