Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar: Har 1000 ta tibbiyot xodimidan 5 tasi giyohvand moddalar sabab vafot etadi
AQShdagi har mingta tibbiyot xodimidan beshtasi narkotik moddalar dozasining oshib ketgani sabab hayotdan ko‘z yumadi. Avstraliyalik olimlar tadqiqoti Addiction jurnalida chop etildi.
Monasha Universiteti mutaxassislarining ilmiy izlanishi, bu asosan qirq yoshdan oshgan va stress hamda o‘z joniga qasd qilishga moyil bo‘lgan ayollar ekanini ko‘rsatdi. Hammasi bo‘lib 2003-2013 yillarda 404 ta shunday o‘lim holati qayd etilgan.
“Eng ko‘p o‘lim – veterinarlar orasida uchraydi. Ular jonivorlarni zaharlab o‘ldirishda qo‘llaniladigan barbituratlar yordamida o‘z joniga qasd qilishadi”, - xabar berdi Jyennifer Pilgrim, tadqiqot bosh muallifi.
Narkotiklar sabab vafot etgan tibbiyot xodimlarining deyarli yarmida avval ruhiy zaiflik yoki o‘ziga-o‘zi tan jarohati yetkazish hollari kuzatilgan. Bundan tashqari, o‘lim holatlarining 50 foizi o‘z joniga qasd qilishdan iborat bo‘ldi.
Tadqiqotchilarning umid qilishicha, ularning izlanishi tibbiyot xodimlarining ruhiy sog‘lig‘i muammosiga e'tibor qaratishga yordam beradi.
Mavzuga oid
23:28 / 25.03.2025
“Titanik”dan “Kursk”kacha – eng yirik kema halokatlari
08:22 / 26.02.2025
YPX xodimlari to‘xtatgan mashinadan narkotik modda topildi
16:51 / 09.02.2025
Sankt-Peterburg yaqinida mazut ortilgan tanker cho‘ka boshladi
22:35 / 30.01.2025