Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni uchun uchrashuvda 10-partiyadan keyin hisob yana tenglashdi
Rossiyalik shaxmat ustasi Sergey Karyakin Nyu-Yorkda shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun kechayotgan bahsning 10-partiyasida raqibi norvegiyalik Magnus Karlsenga imkoniyatni boy berdi.
Partiya 6,5 soat davom etgan. Rossiyalik qora figuralar bilan o‘ynagan.
Shu tariqa umumiy hisob yana tenglashdi: 5:5.
11-partiya 26 noyabrda o‘ynaladi. Shaxmatchilar hammasi bo‘lib 12 ta partiya o‘ynashadi. Agar bahs durang hisob bilan yakunlansa, 30 noyabrda tay-breyk o‘tkaziladi.
Bundan avval 8-partiyada yutqazgan Karlsen uchrashuvdan keyin o‘tkaziladigan matbuot-anjumanini jahl bilan tark etgandi. Uning bunday qilishiga rossiyalik shaxmatchining anjumanga o‘z vaqtida kelmagani sabab bo‘lgan. Shu sababli norveg o‘zi oladigan mukofot pulining 10 foizi miqdorida jarimaga tortildi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarni tashkil qiladi. Mukofotning 60 foizi g‘olibga, 40 foizi esa mag‘lub bo‘lgan shaxmatchiga tegadi.
Mavzuga oid
17:50 / 21.05.2025
Magnus Karlsen dunyo bo‘yicha 143 ming shaxmatchi bilan onlayn o‘yin o‘tkazdi
14:16 / 01.01.2025
Nepomnyashchiy va Karlsen blits bo‘yicha JChda g‘alabani bo‘lishib oldi
20:58 / 28.12.2024
Magnus Karlsen jinsi kiygani sabab rapid bo‘yicha jahon chempionatidan chetlatildi
09:30 / 12.05.2024