Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Islom Karimovga haykal qo‘yiladi
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish uchun mamlakat poytaxti Toshkent shahrida uning nomidagi maydon barpo etilishi bo‘yicha tashabbuslar bildirilmoqda.
"Birinchi Prezidentimizning Vatanimiz va xalqimiz oldidagi ana shunday tarixiy xizmatlarini doimo yodimizda saqlash bizning barchamiz uchun ham qarz, ham farz. Bu ulug‘ zotning xotirasini abadiylashtirish, jumladan, poytaxtimiz Toshkent shahri markazida ulkan maydon barpo etib, muhtaram Islom Abdug‘aniyevichning ulug‘vor haykalini o‘rnatish haqida bugungi kunda minglab vatandoshlarimiz, keng jamoatchilik tomonidan ko‘plab murojaat va takliflar kelib tushmoqda. Ishonchim komil, bu takliflarni sizlar ham albatta qo‘llab-quvvatlaysizlar", degan O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston prezidenti saylovlarida Liberal-demokratlar partiyasidan nomzod sifatida ishtirok etuvchi Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi saylovchilar bilan uchrashuvi vaqtida.
Mavzuga oid
19:56 / 13.05.2025
Italiyalik ijodkorning ko‘rinmas haykali 18 ming dollarga sotildi
15:01 / 03.04.2025
2025 yilda 600 ming gektardan ortiq maydonda chigirtka tarqalishi prognoz qilingan
17:39 / 22.03.2025
Mirziyoyev birinchi prezident maqbarasini ziyorat qildi
23:12 / 20.03.2025