Jamiyat | 09:18 / 26.11.2016
27889
2 daqiqa o‘qiladi

G‘azo sektorida bir yurak va bir tana birlashtirib turuvchi siam egizaklari dunyoga keldi

G‘azo sektoridagi falastinlik jarrohlar chorshanba kuni yangi tug‘ilgan siam egizaklar - bir yurak va bir tana bog‘lab turuvchi qizchalarning hayotini hal qiluvchi tibbiy muhokamaga kirishishdi. Reuters agentligi shu haqida ma'lum qildi. 

"Biz ularni shunchaki egizaklar deb o‘ylab, biror bir muammoga duch kelishni xayolimizga ham keltirmagan edik, biroq kutilmaganda siam egizaklari dunyoga keldi", - dedi G‘azo shahridagi Ash-Shifo kasalxonasi bolalar shifokori Xannon Al-Ueyd. 

Siam egizaklari seshanba kuni kesercha kesish yo‘li orqali dunyoga keldi. Hozirda ular intensiv davolash bo‘limida qat'iy nazorat ostida. Qizchalarga hozircha ism tanlanmadi. 

Shifokorlar ularni jarrohlik yo‘li bilan ajratish borasida hali biror qarorga kelishmadi. Ular qizchalarni ajratishga urinib ko‘rgan  taqdirda ham, bu operatsiyani G‘azoda bajarish imkoniyatini ko‘rib chiqishlari yoxud ularni Isroil yo biror boshqa xorijiy davlatga ko‘chirishlari kerak bo‘ladi. 

"Qizchalarni ajratish juda qiyin masala, chunki ularni ko‘p organlari birlashtirib turadi, boz ustiga ularning yuragi xasta", - deydi Ueyd. 

Reuters televizion kadrlarida ko‘rsatilishicha, go‘daklar bo‘yin sohasidan bog‘langan va ular inkubatorning ichida zo‘rg‘a nafas olishmoqda. 

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, siam egizaklarining yashovchanligi 5-25 foizni tashkil qiladi. Siam egizaklarining taxminan 70 foizi - qiz bolalar. 

 

Mavzuga oid