Jamiyat | 13:14 / 26.11.2016
2587
2 daqiqa o‘qiladi

Globo: Braziliyada davlat xarajatlari qisqarishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Foto: © AP

Braziliyaning 18ta ma'muriy hududida davlat xarajatlarini cheklash tashabbusiga nisbatan norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Globo telekanalining xabar qilishicha, mamlakat bo‘ylab bo‘lib o‘tgan aksiyalarda bir necha ming kishi qatnashgan. 

Kasaba uyushmalari va jamoat tashkilotlari tomonidan uyushtirilgan mitinglar, aksariyat shtatlarda tinch o‘tgan. Biroq, mamlakat janubidagi Portu-Alegri shahridagi namoyishlarda aksiya qatnashchilarining politsiya bilan to‘qnashuvlari kuzatilgan. Globo ma'lumotlariga ko‘ra, bir necha nafar niqobdagi namoyishchilar tartibni saqlash kuchlariga qarata yonuvchi aralashma to‘ldirilgan shisha idishlarni otishgan. Politsiyachilar, bunga javoban, ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan. 

Oktyabr oyi oxirlarida, Braziliya parlamenti quyi palatasi davlat xarajatlarini cheklashga oid tuzatishlarni ma'qullagan edi. Prezident Mishel Temer taklif qilgan qonun loyihasiga ko‘ra, kelasi 20 yil mobaynida markaziy hukumatning xarajatlari o‘tgan yil inflyatsiya darajasidan oshmasligi kerak. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid