Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyada parranda grippi epidemiyasi xavfi sababli 200 ming o‘rdak yo‘q qilindi
Niderlandiya hukumati Shimoliy Yevropada parranda grippi tarqashining oldini olish maqsadida 190 mingga yaqin o‘rdakni yo‘q qilishni buyurdi, deb xabar bermoqda xorijiy OAV.
Ma'lum qilinishicha, o‘rdaklarni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya Amsterdamdan 70 km uzoqlikda joylashgan Biddingxyoyzen posyolkasida virus aniqlangandan keyin mamlakatning 6 ta fermasida o‘tkazilgan.
Avvalroq parranda grippining o‘ta yuqumli shtammi H5N8 Daniya, Shvetsiya, Germaniya va Finlyandiyada aniqlangandi. Ayni vaqtda Niderlandiyada aniqlangan virus shtammi Yevropaning boshqa davlatlarida jonzotlarni shikastlagan shtamm bilan mos kelishi noma'lum.
Ayni vaqtda bu davlatlarda insonning parranda grippi bilan kasallanishi holatlari qayd qilinmagan.
Mavzuga oid
13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti
01:40 / 15.05.2025
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
00:31 / 30.04.2025