Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tennischining otasi u ishtirokidagi final vaqtida vafot etdi
Chililik ayol tennischi Daniela Segelning otasi qizining Xalqaro tennis federatsiyasi musobaqasining finalidagi uchrashuvi vaqtida vafot etdi. Musobaqa Chili poytaxti Santyagoda bo‘lib o‘tgan.
Sport.es portali ma'lumotlariga ko‘ra, chililikning braziliyalik Paula Gonsalvesga qarshi final uchrashuvida hisob Segelning foydasiga 6:4, 2:1 bo‘layotganda uning tribunadagi otasi o‘zini yomon his qila boshlagan. Erkak yaqin oradagi shifoxonaga tezda yetkazilganiga qaramasdan, hayotdan ko‘z yumgan.
Uchrashuv hakami sportchini uchrashuvni davom ettirishga chaqirgan, biroq hisob 4:4 bo‘layotganda tennischi otasi ahvolidan tashvishga tushib kortni tark etgan. Oqibatda g‘alaba uning raqibiga berilgan.

Mavzuga oid
23:10 / 20.02.2025
Zelimxon Haydarov Tennis federatsiyasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
17:50 / 17.02.2025
Botir Rahimov tennis federatsiyasiga rais bo‘ldi
16:46 / 26.01.2025
Yannik Sinner yana Australian Open g‘olibi bo‘ldi
08:00 / 05.08.2024