Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp 150 yil ichida uy jonzoti bo‘lmaydigan birinchi prezident bo‘ladi
Donald Tramp 150 yil ichida 4 oyoqli sevimli jonzoti bo‘lmaydigan AQShning birinchi prezidenti bo‘lishi mumkin. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda. Nashr shu munosabat bilan AQShni 1945-1953 yillar boshqargan Garri Trumenning "Agar Vashingtonda do‘st topishni istasang, uy hayvoni boq" deb aytgan so‘zlarini eslab o‘tdi.
Uy hayvoni bo‘lmagan AQShning oxirgi prezidenti Endryu Jyekson bo‘lgan, u mamlakatni 19-asrning o‘rtalarida boshqargan. Undan keyingi barcha prezidentlarda turli jonzotlar: mushukdan tortib ayiq, yo‘lbars va pakana begemotgacha bo‘lgan. Avraam Linkolnda cho‘chqa va Jyek laqabli g‘ozi, Teodor Ruzveltda esa Iosiya laqabli bo‘rsig‘i bo‘lgan.
Nashrning fikricha, uy jonzotlari prezidentning imijini yaxshilashga yordam beradi va ko‘pincha ularga fotosessiyalarda kompaniya tashkil qiladi. Kichik Jorj Bushning skotch-terer zotidagi Barni laqabli itining o‘z sayti bo‘lgan, Katta Bushning Milli laqabli iti esa "Milli kitobi" deb nomlangan kitobning muallifi hisoblangan. Bu kitobda Oq uydagi hayot itning ko‘zlari bilan tasvirlangan. AQShda hattoki prezidentlar uy hayvonlarining muzeyi mavjud.
Trampning Oq uyda bo‘lishi vaqtida uy hayvonining bo‘lmasligi uning reytinglariga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin, deb hisoblamoqda nashr. Biroq bu Tramp inobatga olmayotgan prezidentlarga xos bo‘lgan an'analardan birinchisi emas.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020