Video: Fidel Kastroning omma oldidagi so‘nggi nutqi
2016 yilning 19 aprelida Fidel Kastro Kuba Kommunistik partiyasining 7-s'yezdida, bir yarim ming kishilik auditoriya qarshisida o‘zining omma oldidagi oxirgi nutqini irod qilgandi.
Mamlakatning sobiq rahbari va butun dunyoga inqilob rahnamosi sifatida tanilgan keksa siyosatchining nutqi o‘shanda yig‘ilganlarni to‘lqinlantirgandi. OAV esa bu nutqni «vidolashuv nutqi» sifatida baholagan.
Fidel Kastro ham bu o‘zining omma oldidagi so‘nggi nutqi bo‘lishi mumkinligini aytgandi. U kubaliklarni o‘zi tanlagan yo‘ldan kuchlarni birlashtirgan holda sobitqadamlik bilan davom etishga chaqirgandi.
Fidel Kastro Kubani 49 yil boshqardi. 2008 yilda u sog‘ligi yomonlashgani tufayli o‘z lavozimini ukasi Raul Kastroga topshirdi, 2011 yilda esa Kuba Kommunistik partiyasi raisligidan ham ketdi. U 25 noyabr kuni olamni tark etdi.
Mavzuga oid
12:07 / 11.02.2020
Muhofizlari o‘zidan mashhur inqilob. Eron islom inqilobi qanday sodir bo‘lgandi?
15:17 / 08.02.2019
Armanistonda iqtisodiy inqilob boshlandi
09:33 / 02.01.2019
Kuba inqilobning 60 yilligini nishonlamoqda
15:24 / 06.06.2018