Jamiyat | 17:00 / 28.11.2016
6480
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada katta janjalga sabab bo‘lgan yaxmalak yopildi

Foto: © Flickr

Yaponiyadagi ko‘ngilochar bog‘ muzida bezaklar sifatida besh ming baliqdan foydalanilgani tufayli yaxmalakni yopib qo‘yildi, deb xabar berdi Assoshieyted Press agentligi.

Fukuoka shahridagi Space World bog‘i ma'muriyatiga tanqidlar yomg‘iri attraksion ochilishi bilan yog‘ilgan.

“Muzli akvarium”ning konsepsiyasi tashrif buyuruvchilarda ummonning muzlab qolgan yuzasida yaxmalak uchishayotgani kabi his uyg‘otishi lozim edi. 

Uni yaratishda 25 baliq turidan foydalanilgan bo‘lib, 250 metr bo‘lgan yaxmalak maydoni uchun besh ming baliqni muzlatish kerak bo‘ldi. 

Bog‘ boshqaruvchisi Toshimi Takeda “bunday salbiy his-tuyg‘ularga sabab bo‘lgani uchun juda ham qayg‘uda” ekanini ma'lum qildi. Space World ma'muriyati esa baliq bozordan o‘lik holda sotib olingani haqida xabar bergan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid