Jahon | 07:27 / 28.11.2016
4947
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada praymerizning 2-turi g‘olibi aniqlandi

Foto: EPA

"Respublikachilar" o‘ng-markazchilar partiyasi vakili Fransua Fiyon Fransiya prezidenti lavozimiga saylovlarda nomzodini qo‘yish huquqini qo‘lga kiritish uchun o‘tkazilgan saylov – praymerizning 2-turida 67 foiz ovoz to‘play oldi. Shu tariqa u 2017 yilda Fransiyada o‘tadigan prezidentlik saylovlarida partiyadan ishtirok etadigan nomzod bo‘ldi. 2-tur natijalariga ko‘ra Fiyon raqibi – Bordo meri Alen Jyuppeni 30 foizga ortda qoldirdi.

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi Fiyonni g‘alaba bilan tabrikladi va "Respublikachilar"ni partiyadan yagona nomzod atrofida birlashishga chaqirdi. O‘z navbatida Jyuppe ham Fiyonni qo‘llab-quvvatlashga va'da berdi va saylov natijalarini tan oldi.

"Fransiya haqiqatni, Fransiya ishlarni istaydi", deb aytdi Fiyon g‘alabasidan keyin. U shuningdek "davlatga xizmat qilishni istagan barchaga qo‘lini cho‘zishini" aytgan. Avvalroq Fiyon Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga ovoz bergandi va "AQShdan rozilik so‘rab o‘tirmay, aloqalarni tiklash uchun ruslar bilan muzokaralar stoli atrofiga o‘tirishni" taklif qilgandi.

Mavzuga oid