Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guterresh mojarolarga barham berishda Xitoy salohiyatini yuqori baholadi
Xitoy dunyoning turli mintaqalaridagi xalqaro mojarolarga barham berishda yetakchi vositachi bo‘lishi mumkin. BMTning yangi saylangan bosh kotibi Antoniu Gutterish XXR tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida shunday bayonot bergan.
"Xitoy dunyoning turli mintaqalaridagi o‘zaro ziddiyatlashgan tomonlarni yarashtirish borasida vositachi bo‘lishi mumkin. Xitoy tinchlikni o‘rnatish borasidagi diplomatiyada muhim o‘rin tuta oladi. Bugungi kunda dunyo aynan shunday diplomatiyaga muhtojlik sezmoqda", — degan Gutterish.
"Ta'kidlashni istardimki, Xitoy dunyoning ko‘p tomonlama hamkorlik o‘rnatish borasidagi ustunlaridan biridir. Bu Xitoy va BMT hamkorligining ahamiyatini ta'kidlaydi", — deb qo‘shimcha qilgan Gutterish.
U shuningdek, Xitoy BMTning yirik moliyaviy donorlaridan biri ekanini ta'kidlab, BMT tinchlikparvarlik faoliyatiga jiddiy hissa qo‘shayotganini qayd etgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025