Jamiyat | 11:31 / 28.11.2016
3353
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda pul islohotiga qarshi norozilik namoyishida bir necha million kishi qatnashadi

Foto: ndtv.com

Hindiston muxolif partiyalari 28 noyabrda butun mamlakat bo‘ylab hukumat tomonidan boshlangan pul islohotiga qarshi norozilik namoyishi aksiyasini o‘tkazish niyatida. Bu haqda NDTV telekanali xabar bergan.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, shaharlar ko‘chalariga yetakchi muxolif partiya – “Hindiston milliy kongressi”, shuningdek, oddiy inson Partiyasi, Butunhind trinamul kongressi va boshqa harakatlar tarafdorlari chiqishi kutilmoqda. Aktsiyada qatnashuvchi kishilarning umumiy soni 1 mln kishidan oshishi kerak, deya ta'kidlaydi telekanal. Muxolifatning fikricha, norozilik namoyishida bir necha million inson qatnashadi.

So‘l kasaba uyushmalari esa Kerala, G‘arbiy Bengaliya va Tripura shtatlarida ish tashlashga chaqirmoqda. 

Ma'lumot uchun, Hindiston hukumati 8 noyabr kuni eng yirik kupyura – 1000 rupiyni (deyarli 15 dollar) muomaladan chiqarish haqida ma'lum qildi. Bu qalbaki pul yasovchilar va poraxo‘rlarga qarshi kurash doirasida amalga oshirilmoqda. 
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid