Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazorat qiluvchi organlar faoliyati yangi usulda baholanadi
O‘zbekistonda nazorat qiluvchi organlar faoliyatiga baho berishda ular tomonidan aniqlangan qoidabuzarliklar, huquqiy choralar ko‘rish soni hamda xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning mulklarini davlat hisobiga musodara qilish holatlariga ko‘ra baho berishni taqiqlash rejalashtirilmoqda. «Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyati ustidan davlat nazorati to‘g‘risida»gi qonunga shu mazmundagi tuzatishlar kiritish loyihasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida muhokamaga qo‘yilgan.
Unga ko‘ra, davlat nazorat organlarining ish samaradorligini quyidagi mezonlar orqali aniqlash taklif qilinmoqda:
Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning qonunchilik va boshqa me'yoriy hujjatlarga rioya qilishi samaradorligining oshishi, ularning tizimli ravishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ymasligi;
Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarni tekshirish chog‘ida aniqlangan xatolarni tuzatishga yo‘naltirishlar soniga ko‘ra;
Tekshiruvlar natijasida xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarni batamom yo‘qotishga olib keluvchi hollarning oldi olinishiga binoan.
Bundan tashqari, qonunga «xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar orasida qoidabuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tadbirlar» tushunchasini kiritish ko‘zda tutilgan.
O‘tkazilayotgan tekshiruvlar natijalaridan kelib chiqqan holda, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning qonunchilik talablarini qasdsiz buzishlari sababini aniqlash bo‘yicha tahlillar o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish ilgari surilmoqda.
Mazkur qonun va boshqa qator qonunchilik aktlariga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 5 oktabrdagi qaroriga binoan tayyorlangan.
Mavzuga oid
08:34 / 17.05.2025
Toshkentda 96 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi aniqlandi
12:21 / 17.03.2025
Shaxslarni o‘z roziligisiz foto va videoga olish taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi qonun loyihasini muhokamaga chiqardi
19:08 / 12.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
18:23 / 26.08.2024