Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramzan Qodirov Saudiya Arabistonida muzokaralar o‘tkazdi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon Al-Saud hamda savdo va investitsiyalar vaziri Majid al-Kassabiy bilan muzokaralar o‘tkazgan. Unda terrorizm g‘oyasiga qarshi urush haqida so‘z borgani haqida Qodirov Instagram sahifasida ma'lum qilgan.
«Biz terrorizm ham, ekstremizm ham haqiqiy Islom diniga umuman aloqasi yo‘qligi borasida yakdil fikr bildirdik. Islom dushmanlari sun'iy ravishda musulmonlar o‘rtasida qarama-qarshilik va mojarolarni keltirib chiqarish maqsadida turli ziddiyat nuqtalarini tashkil etmoqda», — deb qo‘shimcha qilgan Qodirov.
Podshohlik mudofaa vaziri «Chechenistonda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash masalasi ijobiy hal etilgani, tinchlik va barqarorlik o‘rnatilgani»dan qoniqish hosil qilganini ta'kidlagan. «Uchrashuv davomida o‘zaro manfaatli bo‘lgan muhim yo‘nalishlarda qalin hamkorlik qilishga kelishib oldik», — deb yozgan Qodirov.
Checheniston rahbari, shuningdek, Saudiya mudofaa vazirini vataniga taklif qilgan.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025