O‘zini huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi deb tanishtirgan tovlamachi qo‘lga olindi
Bojxona organlarida ishlab, rahbarlik lavozimlarigacha erishgan Davron Xolikov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) Yunusobod tumanida joylashgan dorixonalardan biriga kirib, o‘zini huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi, deb tanishtirdi va sotuvchidan 4 ming so‘mlik 2 dona rezina qo‘lqop sotib oldi va ular uchun sifat sertifikatini ko‘rsatishni talab qildi, deb xabar qiladi “Huquq” gazetasi.
Dorixona rahbari K.Salibekov sifat sertifikatini ko‘rsata olmasligini aytganida, savdo qoidalari buzilayotganligi, tekshiruv o‘tkazib, ularni qiyin ahvolga solib qo‘yishi mumkinligini aytib, qo‘rqitdi. Keyin esa tekshiruv o‘tkazmasligi uchun K.Salibekovdan tovlamachilik yo‘li bilan 1000 AQSh dollari berishini talab qildi.
K.Salibekov huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qildi. SVOJJDLQK departamenti va O‘zbekiston Respublikasi MXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda D.Xolikov fuqaro K.Salibekovdan 500 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlandi.
Sud tomonidan D.Xolikovga tegishli jazo tayinlandi.
Mavzuga oid
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
14:20 / 15.10.2024
Yerni noqonuniy egallab olish bo‘yicha qo‘llangan jazo choralari aytildi
16:05 / 03.08.2024
Sudlar “amnistiya” vositasiga aylantirib olgan modda. Nega jazoning muqarrarligi ta’minlanmayapti?
17:11 / 14.06.2024