Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada yil sportchisi unvoniga da'vogarlik qilayotgan sportchilar ro‘yxati ma'lum qilindi
Buyuk Britaniyaning sport sohasidagi milliy mukofoti BBC Sports Personality of the Year (SPOTY)’ga 2016 yilda da'vogarlik qilayotgan nomzodlar nomi ma'lum bo‘ldi. Bu mukofotni topshirish marosimi 18 dekabrda Birmingemda bo‘lib o‘tadi.
Quyida ushbu unvon uchun da'vogarlik qilayotgan nomzodlar nomlari keltirilgan:
– Nikola Adams (boks, jahon chempioni, Rioda ikkinchi Olimpiya oltin medalini qo‘lga kiritgan);
– Garet Beyl (futbol, Uels terma jamoasi yetakchisi);
– Alister Braunli (triatlon, Rioda ikkinchi Olimpiya oltin medalini qo‘lga kiritgan);
– Sofi Kristiansen (otda yurish bo‘yicha 2016 yilgi Paralimpiada g‘olibi);
– Kadina Koks (yugurish va velosport bo‘yicha 2016 yilgi Paralimpiada g‘olibi);
– Muhammad Fara (yengil atletika, Rioda 5 000 va 10 000 metrga yugurishda Olimpiya chempioni bo‘lgan hamda 2012 yilgi London Olimpiadasidagi natijalarini qaytara olgan);
– Jyeyson Kenni (velosport, Rioning uch karra chempioni);
– Lora Trott (velosport, Rioning ikki karra chempioni);
– Endi Marrey (tennis, joriy mavsumda "Uimbldon", Olimpiada va yakunlovchi musobaqalarni yutgan, mavsum yakuniga ko‘ra jahonning birinchi raqamli erkak tennischisi);
– Adam Piti (suzish, Rio chempioni);
– Keyt Richardson-Uolsh (chim ustida xokkey, Rioda chempion bo‘lgan Buyuk Britaniya terma jamoasi sardori);
– Nik Skelton (ot sporti, 58 yoshida konkur bo‘yicha Rio chempioni bo‘ldi, Buyuk Britaniyaning 108 yil ichidagi yoshi eng katta Olimpiya chempioni);
– Sara Stori (velosport, 2016 yilgi Paralimpiadaning ikki karra chempioni, Paralimpiadalarning 14 karra oltin medali sohibasi);
– Jyeymi Vardi (futbol, Angliya Premer-ligasining amaldagi chempioni "Lester" klubi yetakchisi);
– Maks Uitlok (gimnastika, Rioning ikki karra chempioni);
– Denni Uillet (golf, "Masters" seriyasi chempioni).
G‘olib ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar orasida ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025