Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng yoshi ulug‘ insoni Italiyada o‘zining 117 yoshligini nishonladi
Dunyodagi eng yoshi ulug‘ inson, 1899 yilda tavallud topgan Emma Morano 29 noyabr, seshanba kuni o‘zining 117-tavallud ayyomini nishonladi. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi.
Morano 1899 yilning noyabrida dunyoga kelgan. U o‘z hayot yo‘lida uch asr, ikki jahon urushi va 90 Italiya hukumatiga guvoh bo‘ldi.
Ayolning do‘stlari, qo‘shnilari va shifokori Major ko‘li qirg‘og‘ida joylashgan Verbaniya shahridagi uyida ushbu muborak sanani nishonlashga yig‘ilishdi.
"Mening hayotim u qadar silliq kechmadi. Men 65 yoshga to‘lgunga qadar zavodda ishladim", - deydi deraza yonida yelkasiga oq ro‘mol tashlab olgan ayol.
Besh yil avval La Stampa gazetasiga bergan intervyusida u sevgan insoni Birinchi jahon urushida halok bo‘lgani hamda shundan keyin o‘zi sevmagan kishiga turmushga chiqishga majbur bo‘lganini aytgan.
"26 yoshimda u kishi "yo menga turmushga chiqasan, yoki men seni o‘ldiraman", deb aytgan va biz shu tariqa turmush qurganmiz".
Bu baxtsizlikka mahkum turmush edi. 1937 yilda ayol o‘g‘il farzand ko‘rgan, biroq bola 6 oyiligida hayotdan ko‘z yumgan va shundan so‘ng Morano haqoratchi erini haydab solgan.
"1938 yilda men undan uzoqlashdim. O‘ylashimcha, men Italiyada shunday yo‘l tutishga jur'at qilgan ilk ayollardan biri bo‘lganman".
Morano bir o‘zi istiqomat qiladi. U 8 nafar opa-ukalarining hammasini tuproqqa topshirgan. Ulardan biri 102 yoshda hayotdan ko‘z yumgan. Morano esa bardam.
"Men uni birinchi marta ko‘rganimda bir kunda 3ta tuxum iste'mol qilar edi - ikkitasi xom holicha, bittasi esa - qovurilgan. Bugungi kunda u ikkita tuxum tanovul qiladi, bundan ortig‘i og‘irlik qilishidan qo‘rqadi", - deydi uning shifokori Karlo Bava.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, Morano meva yo sabzavotlarni ko‘p iste'mol qilmaydi. Unga har doim bir xil ovqatlanish xosdir.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025