Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Giperinflyatsiya: Venesuelada pullarni sanashmayapti, ularni tarozida o‘lchab ko‘rib qabul qilishyapti
2016 yil Venesuelada inflyatsiya darajasi 720 foizni tashkil etmoqda. Shu bois mahalliy do‘konlarda pullarni sanab olishda tarozilardan foydalanishmoqda.
Ayni damda mamlakat milliy valyutasining eng yirik kupyurasi qora bozorda 5 AQSh sentiga teng. Bir bolivar uch tiyindan sal yuqori qiymatda.
Mamlakatda inflyatsiya muammosi shu darajaga yetdiki, mahalliy aholi do‘konlarga pullarini ryukzak yoki sumkalarda olib borishmoqda.

Qimmat pishloq sotuvchi mahalliy savdogar Bloomberg agentligiga so‘zlab berishicha, u pullarni hisoblash uchun pishloq tortiladigan tarozidan foydalanadi.
Giperinflyatsiya, shuningdek, bankomatlarni ham ishdan chiqargan. Chunki ularni har uch soatda to‘ldirib turishga to‘g‘ri kelmoqda. Ularning ayrimlari hatto ishdan chiqqan.
Mamlakatdagi og‘ir vaziyat tufayli elektron to‘lov tizimi ommalashdi, biroq kichik biznes vakillari plastik kartalarni qabul qilishni istashmayapti. Shu bois mazkur texnologiyani joriy etish darajasi pastligicha qolmoqda.

Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi
22:09 / 26.03.2025