Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvayt AQShdan 28 dona Super Hornet xarid qiladi
Kuvayt hukumati AQShdan 28 dona ko‘pfunksiyali F/A-18E/F Super Hornet qiruvchi samolyotlarini xarid qilish g‘oyasidan voz kechgani yo‘q, deb xabar qilgan Kuvayt yangiliklar agentligi. Amirlik mudofaa vazirligi vakili, general-mayor Lafi al-Azamiy shu haqda ma'lum qilgan.
"Bu bitim Boeing kompaniyasining Kuvaytdan eskirib qolgan Hornet qiruvchilarini qaytarib olishni ham nazarda tutadi… Savdo shartnomasi narxi besh milliard dollardan ortadi", — deb qayd etgan al-Azamiy.
Shu oyning boshida AQSh Davlat departamenti Kuvaytga Super Hornet qiruvchi samolyotlarini sotish bitimini tasdiqlagan edi.
Yil boshida Kuvayt parlamenti amirlik armiyasi uchun yangi qurol-aslaha va harbiy texnika xaridi uchun 10 mlrd dollar ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025