Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro kapitalizmning so‘nishi boshlangani haqida fikr bildirdi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro uning mamlakatida kapitalizmning barham topish jarayoni boshlangani haqida e'lon qildi.
"2016 yil kapitalistik, ijaralarga asoslangan, neftga bog‘liq davlat boshqaruvi poyoniga yetdi va 2017 yil samarali sotsializmning yangi iqtisodiy "motor"larini ishga tushirish davri bo‘ladi. Bu venesuelaliklarning hayoti va farovonligini oshirishning uzviy qismidir", — deya Maduro so‘zlarini keltiradi Noticias24 telekanali. Nikolas Maduro hukumat yig‘ilishida shu haqda so‘z yuritgan.
Uning izoh berishicha, joriy yilda 15ta yangi loyiha tayyorlangan bo‘lib, ular kelasi yildan to‘liq ishga tushiriladi. Aynan ular iqtisodiy taraqqiyot dvigatellari deb atalmoqda.
Avvalroq, shunday yo‘nalishlarga neft qazib olish, neft kimyo sohasi, qishloq xo‘jaligi, konchilik, telekommunikatsiya, qurilish, sayyohlik, harbiy sanoat va ishlab chiqarishning boshqa turlari, birinchi galda temir va alyuminiy ishlab chiqarish kabilar kiritilishi ma'lum qilingan edi.
Hozirda Venesuela iqtisodiyotining 90 foizi neftga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid
14:42 / 06.05.2025
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 20 foizga oshdi
16:15 / 02.05.2025
Xorazmda 2025 yilda 7 ming xonadonli 200 ta ko‘p qavatli uy quriladi
21:50 / 30.04.2025
AQSh iqtisodiyoti 2022 yildan beri birinchi marta qisqardi – OAV
17:35 / 30.04.2025