Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada bitta o‘g‘ri 40 million rubllik baliq ikrasini o‘marib ketdi
Moskva sharqidagi ombordan qiymati 40 million rubl bo‘lgan qizil ikra o‘marib ketildi, deb xabar qilmoqda «Interfaks» Moskva IIB matbuot xizmatiga asosan. Bu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Perovo tumanida joylashgan omborda sodir bo‘lgan o‘g‘irlik haqidagi xabar politsiyaga 28 noyabr kuni berilgan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idorasi xodimlari o‘g‘ri (ta'kidlanishicha – bir kishi bu ishni amalga oshirgan) binoga devordagi arralangan teshik orqali kirib, umumiy qiymati 39,6 million rubl bo‘lgan losos va keta ikrasi bo‘lgan plastik paketlarni o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Internet-do‘konlar ma'lumotiga ko‘ra, bunday mahsulotning bir kilogrami o‘rtacha 2,5-3 ming rubl turadi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
17:13 / 13.05.2025
Zarafshon daryosidan elektr toki yordamida baliq ovlagan shaxslar ozodlikdan mahrum qilindi
07:41 / 10.05.2025