Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni uchun uchrashuv tijorat borasida kasodga uchradi
Amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen va rossiyalik Sergey Karyakin o‘rtasida shaxmat toji uchun bellashuvlarni o‘tkazish Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDe)ning musobaqaga jiddiy homiylar e'tibor qaratishi borasidagi umidlari bilan bog‘liq edi. Biroq, bu reja chippakka chiqdi.
Uchrashuv tashkilotchilari Nyu-Yorkdagi ko‘p sonli lyuks do‘konlar va yirik moliya kompaniyalari qo‘llab-quvvatlashiga umid qilishgandi. Ammo, atigi to‘rtta homiy topildi. Bular: rossiyalik o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi, Moskva investitsiya kompaniyasi, Norvegiyadagi suv ishlab chiqaruvchi, qimmatbaho ruchkalar tayyorlovchi kompaniyalardir.
Shuningdek, Nyu-Yorkka FIDe rahbari Kirsan Ilyumjinov ham bormadi. U AQSh Moliya vazirligi sanksiya ro‘yxatiga kiritilgani tufayli mamlakatga kirish ruxsatiga ega bo‘lmagan.
Uchrashuv tashkilotchiligi bilan Agon kompaniyasi shug‘ullangan bo‘lib, u grossmeysterlar bahsini internet orqali qancha kishi pul to‘lab ko‘rgani haqidagi ma'lumotlarni keltirmadi.
Eslatib o‘tamiz, 12 partiyadan so‘ng hisob 6 – 6 bo‘lib turibdi. Jahon chempioni nomi 30 noyabr kungi tay-breykda aniqlanadi.
Mavzuga oid
17:50 / 21.05.2025
Magnus Karlsen dunyo bo‘yicha 143 ming shaxmatchi bilan onlayn o‘yin o‘tkazdi
20:52 / 26.03.2025
Ukrainalik grossmeyster g‘irromligi uchun 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi
11:56 / 28.02.2025
Shaxmat bo‘yicha 10-jahon chempioni Boris Spasskiy vafot etdi
00:38 / 11.02.2025