Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaxmat penaltisi: Karyakin va Karlson jahon chempioni nomini tay-breykda aniqlashadi
Jahon shaxmat toji uchun kechayotgan uchrashuvning “asosiy vaqti” g‘olibni aniqlab bermadi: amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen va rossiyalik Sergey Karyakin o‘rtasidagi bellashuvning 12 partiyasi durang bilan yakunlandi – 6:6. Endi sovrin sohibi nomi tay-breykda ma'lum bo‘ladi. U 30 noyabr kuni o‘tkaziladi.
Norvegiyalik shaxmatchi bu borada o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan. Unga ko‘ra, tay-breyk uning uchun qulayroq. “Bu men uchun juda yaxshi. Men g‘alaba uchun yaxshi imkoniyatga ega ekanimni sezib turibman”, - dedi Magnus Karlson.
FIDe prezidenti Kirsan Ilyumjinov esa uchrashuvda kimning asablari mustahkamroq bo‘lsa o‘sha g‘alaba qozonishini aytib o‘tdi.
Ma'lumot uchun, shaxmat tay-breyki rapiddan boshlanadi. Bunda vaqt nazorati 25 daqiqa bo‘lgan to‘rtta partiya o‘ynaladi. Rapidda ham g‘olib nomi aniqlanmasa, blits o‘ynaladi – 5 daqiqalik nazorat ostidagi ikki partiya. Shundan so‘ng yana to‘rtta ikki partiyadan iborat blits-bahs o‘tkaziladi.
Shunda ham g‘olib nomi ma'lum bo‘lmasa, shaxmatchilar armageddonni o‘ynashadi. Bunda oq donalarda o‘ynovchi sportchi raqibiga qaraganda bir daqiqa ko‘proq vaqtga ega bo‘ladi (besh va to‘rt daqiqa), biroq g‘alaba qozonishi ham shart qilib belgilangan.
Mavzuga oid
17:50 / 21.05.2025
Magnus Karlsen dunyo bo‘yicha 143 ming shaxmatchi bilan onlayn o‘yin o‘tkazdi
20:52 / 26.03.2025
Ukrainalik grossmeyster g‘irromligi uchun 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi
11:56 / 28.02.2025
Shaxmat bo‘yicha 10-jahon chempioni Boris Spasskiy vafot etdi
00:38 / 11.02.2025