Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida harorat keskin pasayib, qor yog‘di
Saudiya Arabistonida kutilmaganda havo harorati keskin pasayib, qor yog‘di. Qish arafasida mamlakat bo‘ylab ko‘p yog‘ingarchilik kuzatildi, jalalar ba'zi shaharlar va aholi punktlarida sel oqishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda qirollikning bosh meteorologik boshqarmasiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Yomon ob-havo sharoiti tufayli avtomobil harakati izdan chiqqan. Poytaxt hududda g‘ayriodatiy past haroratlar tufayli qor yog‘gan. Cho‘llar qor bilan qoplangan.
Ob-havo mutaxassislari yog‘ingarchilik Ar-Riyod hududida, Sharqiy viloyatda, Makka va Madinada, qirollikning janubi-g‘arbiy shaharlarida butun hafta davomida yog‘ishidan ogohlantirishmoqda. Qirollik qutqaruvchilari mamlakat aholisi va mehmonlarini ehtiyotkor bo‘lishga va iloji bo‘lsa ko‘chaga chiqmaslikka chaqirganlar.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025