Jahon | 18:37 / 29.11.2016
6978
1 daqiqa o‘qiladi

Tehron ma'muriyati Rossiya HKKlarining Hamadon aviabazasiga qaytishi shartlarini ma'lum qildi

Foto: © AP

Eron TIV rahbari maslahatchisi Husayn Shayxulislom Sputnik Persian agentligiga bergan intervyusida Tehron Rossiyaga Hamadon aviabazasidan foydalanishga imkon bermoqchi ekanini bildirdi. Suriyadagi vaziyat shuni talab qilsa, Rossiya harbiy-kosmik kuchlari samolyotlari bazadan foydalana oladi. 

«Agar Rossiyada bunga ehtiyoj paydo bo‘lsa hamda bu masala Moskva bilan hal etilsa, Rossiya HKK Suriyadagi harbiy missiyasini amalga oshirish uchun Hamadon aviabazasidan foydalana oladi. Biroq, yana bir bor ta'kidlayman, bizning qurolli kuchlarimiz nazorati ostida», — deya Shayxulislom so‘zlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti agentligi.  

Uning alohida uqdirishicha, Tehron «hech qachon Hamadon aviabazasini Rossiya ixtiyoriga to‘liq topshirmagan».

Avvalroq, Eron mudofaa vaziri Husayn Dexqon Hamadondagi aviabazaning Rossiya HKK ixtiyoriga berilishi ehtimolini rad etmagan edi. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid