Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada namoyishchilar parlament yig‘ilishini to‘xtatib qo‘yishdi
Okeaniyaning chekka orollarida qochoqlar vaqtinchalik turargohlarini yopishga chaqirayotgan 40 ga yaqin faol Avstraliya parlamenti yig‘ilishini to‘xtatib qo‘ydi, deb xabar bermoqda ABC telekanali.
Aktsiya qatnashchilari matbuotga mo‘ljallangan galereyalarga kirib, “Lagerlarni yopinglar”, “Ularni (qochoqlarni) bu yerga olib keling”, deb qichqirishgan. Oxir-oqibat bosh vazir Malkolm Ternbullan binoni tark etishga majbur bo‘ldi.
"Biz bu yerda sizlar shafqatsizlik bo‘yicha jahon yetakchilariga aylanganingiz uchun yig‘ildik!", - qichqirishgan namoyishchilar.
Telekanal xabariga ko‘ra, taxminan yarim soatdan so‘ng xavfsizlik xizmati xodimlari namoyishchilarni galereyalardan chiqarib yuborishga muvaffaq bo‘lishgan.
Ma'lumot uchun, Avstraliya o‘zining hududiga kelayotgan qochoqlarga nisbatan o‘ta qattiq siyosat olib bormoqda. Qit'a qirg‘oqlariga boshpana topish maqsadida kelganlarga ularni joylashtirishda rad etiladi. Odatda ularni kelgan mamlakatiga qaytib jo‘natishadi yoki Nauru mitti davlatiga yuborishadi.
31 oktabr holatiga ko‘ra, Manus orolidagi qochoqlarga mo‘ljallangan markazda 872 kishi, Nauru orolida esa 390 inson borligi ma'lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
13:16 / 27.05.2025
Gurjiston Mustaqilligi kunida Tbilisida namoyishlar tinch o‘tdi
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
21:25 / 28.04.2025
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi
21:02 / 28.04.2025