Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng yirik tamaki kompaniyalaridan biri sigaretalar sotuvini to‘xtatishi mumkin
Shveytsariyaning Philip Morris tamaki giganti sigaretalar savdosini to‘xtatishi mumkin. Bu haqda kompaniya ijrochi direktori Andre Kalantsopulos Bi-bi-siga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
“O‘ylashimcha, bizda boshqa mahsulotlar ham bor deydigan payt keldi”, - dedi u. Qo‘shimcha qilinishicha, hukumatlar bilan sigaretalardan bosqichma-bosqich voz kechish borasidagi ishlar ham boshlangan.
«Umid qilamanki, bu yaqin orada sodir bo‘ladi», — dedi Kalantsopulos.
Avvalroq, Philip Morris IQOS – tutunsiz sigaretalarni sotuvga chiqargandi. Undagi tamaki maxsus yig‘uvchi tig‘lar yordamida qizdiriladi. Kichik mobil telefonga o‘xshash uskuna chekuvchiga kerakli bo‘lgan nikotin miqdorini tutunsiz olish imkonini beradi.
IQOS’ning insonga bo‘lgan ta'siri hozircha noma'lum, biroq Philip Morris’da ta'kidlanishicha, kompaniyaning yangi ishlanmasi oddiy sigaretalarga qaraganda kamroq zarar keltiradi.
Mavzuga oid
14:10 / 26.05.2025
Shveytsariya G‘azoga yordam fondiga nisbatan tekshiruv boshladi
01:40 / 15.05.2025
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
21:20 / 09.05.2025
Shveytsariyada qo‘shnisining mushugiga ovqat bergan ayol sud qilinmoqda
23:08 / 24.04.2025