Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada Qur'onni tahqirlagan gubernatorga qarshi norozilik namoyishida 150 ming kishi qatnashadi
Indoneziya poytaxtida 2 dekabrga mo‘ljallangan yangi norozilik namoyishida xavfsizlikni ta'minlab turish uchun 22 ming politsiyachi va harbiy jalb etiladi. Namoyish Jakarta alohida poytaxt okrugi gubernatori Basuka Chaxaya Purnamaga qarshi o‘tkazilmoqda, deb ma'lum qildi milliy politsiya rasmiy vakili Boy Rafli Amar.
“Biz miting tashkilotchilari bilan u “supertinch” o‘tishiga kelishib oldik. Ular o‘z va'dalarini bajarish uchun biz o‘z ishimizni bajarishimiz lozim, xolos”, - Jakarta Globe nashri politsiyachi so‘zlaridan iqtibos keltiradi.
4 noyabr kuni o‘tkazilgan avvalgi norozilik aksiyasida gubernatorni Qur'onni tahqirlovchi so‘zlarni ishlatganlikda ayblashgandi. Avvaliga tinch ruhda o‘tayotgan aksiya, qorong‘u tushgach to‘qnashuvlarga olib kelgan. Bunda 83 nafarga yaqin politsiyachi va 5 harbiy turli jarohatlarni oldi. Politsiya tomonidan ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llanilgach, norozilik namoyishi qatnashchilaridan biri – keksa kishi astma sabab hayotdan ko‘z yumdi.
Politsiyaning ma'lum qilishicha, 2 dekabr kungi aksiyalarda 150 mingga yaqin kishi qatnashishi kutilmoqda. Bu safar shahar ko‘chalari bo‘ylab yurish taqiqlandi: politsiya namoyishchilar o‘tirgan avtobuslarni Milliy monument oldidagi maydonga qadar kuzatib boradi. U yerda esa besh soat davomida miting o‘tkaziladi.
Ma'lumot uchun, Purnama Jakarta tarixidagi xristian dinidagi birinchi gubernatordir.
Mavzuga oid
13:16 / 27.05.2025
Gurjiston Mustaqilligi kunida Tbilisida namoyishlar tinch o‘tdi
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025