Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga prezidenti: «El-klasiko»da kimga g‘alaba tilashimni hamma biladi»
La Liga prezidenti Xaver Tebas «Real» va «Barselona» uchrashuvi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Klasiko barcha uchun bayram bo‘lishini, faqat ijobiy xotiralar bilan hammaga namunali uchrashuv bo‘lib qolishini istayman.
Men bugun kimga g‘alaba tilashim haqida gapirmoqchi emasman. Shundoq ham siz buni bilasiz. Bu uchrashuvda qaysi jamoaning g‘alaba qozonishiga qarab chempionlik poygasi qanday ko‘rinish olishi aniq bo‘ladi.
Oldinroq bu uchrashuvda kim g‘alaba qozonishini ko‘proq istashim haqida ko‘p gapirganman. Ammo bugun bu ishni qilmayman», – degan Tebas.
Eslatib o‘tamiz, Tebas «Real»ning ashaddiy fanati sanaladi.
Mavzuga oid
10:46 / 10.01.2025
Superkubok finalida klasiko bo‘ladi
12:50 / 29.10.2023
«Real»ning fantastik kambeki va Keynning maydon markazidan goli. Yevropada kun o‘yinlari
12:28 / 28.10.2023
La Ligada El-klasiko, APLda Manchester derbisi, A Seriyada azaliy raqiblar to‘qnashuvi. Hafta o‘yinlari anonsi
18:38 / 15.07.2023