Sport | 15:36 / 30.11.2016
5914
2 daqiqa o‘qiladi

«Lokomotiv» 2016 yilgi O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi

Bugun Samarqandda O‘zbekiston kubogining final o‘yini o‘tkazildi. Bu o‘yinda «Lokomotiv» «Nasaf» bilan o‘ynab, kichik hisobdagi g‘alabaga erishdi

Uchrashuv «Shapokoense» futbolchilari xotirasiga bir daqiqa sukut saqlash bilan boshlandi.

O‘yinning 2-daqiqasida Artur Gevorkyanning jarima maydoniga yetkazgan to‘pini darvozabon Eldor Suyunov ushlab qololmay, qo‘lidan chiqarib yubordi. Natijada, Temurxo‘ja Abduxoliqov uni darvozaga yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Bu hisob uchrashuv yakunigacha o‘zgarmadi va «Lokomotiv» 2016 yilgi kubok sohibi bo‘ldi.

Bu toshkentliklar jamoasi o‘z tarixida ikkinchi marta nufuzli sovrinni qo‘lga kiritishi bo‘ldi.

O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordchi «Paxtakor» jamoasi sanaladi. «Sherlar» 11 marta ushbu sovrin egasi bo‘lgan.

O‘zbekiston kubogi
Final
«Lokomotiv» – «Nasaf» 1:0 (1:0)
Gol:
 Temurxo‘ja Abduholiqov (2).
«Lokomotiv»: Ma'mur Ikromov, Kaxi Maxaradze, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Sardor Mirzayev, Salim Mustafoyev, Timur Kapadze, Islom To‘xtaxo‘jayev, Sanjar Shoahmedov (Bobur Yuldashev 84), Ikrom Aliboyev, Sherzod Fayziyev (Oleg Zoteyev 73), Artur Gevorkyan (Marat Bikmayev 54).
«Nasaf»: Eldorbek Suyunov, Aziz G‘aniyev, Shuhrat Muhammadiyev, Bahrom Abdurahimov, Igor Golban, Sherzod A'zamov, Fozil Musayev, Odil Hamrobekov (Shahboz Erkinov 59), Farruh Sayfiyev, Doniyor Narzullayev, Dragan Cheran (Bobir Abdixoliqov 70).
Ogohlantirishlar: Islom To‘xtaxo‘jayev 32, Temurxo‘ja Abduxoliqov 33, Odil Hamrobekov 35, Shahboz Erkinov 90+3.
Chetlatish: Islom To‘xtaxo‘jayev 90+3.

Mavzuga oid