Jamiyat | 10:09 / 30.11.2016
3346
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi bolalar internatida chiqqan yong‘inda 12 kishi halok bo‘ldi

Foto: © Flickr

29 noyabr kuni Turkiyaning Adan provinsiyasidagi bolalar internatida chiqqan yong‘inda 12 kishi, jumladan, 11 qizcha halok bo‘ldi. Bu haqda Sabah gazetasi yozmoqda.

Gazetaning o‘t o‘chirish xizmati ma'lumotiga asoslanib, xabar berishicha, bir xodim va 10-14 yoshlar oralig‘ida bo‘lgan 11 nafar qiz halok bo‘lgan.

Yana 22 kishini yonayotgan uch qavatli internat binosidan ko‘chirishgan va shifoxonaga yotqizishgan. Adan gubernatori Mahmut Demirtashning ma'lum qilishicha, ular shishalar sinig‘i va tutundan jabrlanishgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘inga elektr uzatgichdagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid