Jahon | 16:39 / 01.12.2016
4490
2 daqiqa o‘qiladi

Mahmud Abbos mintaqada manfaatlar taqsimi boshlanishiga nima sabab bo‘lganiga oid fikr bildirdi

Foto: minval.az

"Arab bahori" – Yaqin sharqning qator mamlakatlarida amalga oshirilgan inqilob va davlat to‘ntarishlari – yirik davlatlar tomonidan Yaqin sharqdagi manfaatlarini taqsimlashni boshlashga turtki bo‘ldi. Falastin rahbari Mahmud Abbos, "Al-Jazira" telekanaliga ko‘ra, shunday bayonot bergan. 

"Men "arab bahori" hodisalariga o‘ta salbiy yondashaman. Bular yangi Sayks-Piko kelishuvi (o‘tgan asr boshlarida Yevropa davlatlarining Yaqin sharqdagi manfaatlariga oydinlik kirituvchi maxfiy kelishuv)ga tayyorgarlik bo‘ldi va arab davlatlari hamda xalqlariga qarshi qaratildi", - degan Abbos. U Ramallohda Falastinni ozod qilish harakati s'yezdida shunday fikrni bildirgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, "suriyaliklar va boshqa arab davlatlari "arab bahori"dan qayg‘u-alamdan boshqa narsa orttirmagan".

"Hozirgi vaqtda mintaqada bo‘layotgan voqealarning arablar va bahorga umuman aloqasi yo‘q", - degan Abbos. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid