Jamiyat | 15:08 / 01.12.2016
10479
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Braziliya prezidentiga ta'ziya bildirdi

Foto: UzDaily.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Braziliya Federativ Respublikasi Prezidenti Mishel Migel Elias Temerga Kolumbiyada Braziliya yo‘lovchi samolyotining halokatga uchrashi va natijada ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi munosabati bilan samimiy ta'ziya izhor etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Mamlakatimiz rahbari marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik so‘zlarini izhor etib, jarohat olganlarga esa tez orada sog‘ayib ketishni tiladi.
 

Mavzuga oid