Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh vaziri yangi konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkaziladigan taxminiy sanani ma'lum qildi
Turkiyaning yetakchi Adolat va taraqqiyot partiyasi va Milliy harakat partiyasi tomonidan kelishilgan Turkiyaning yangi konstitutsiyasi loyihasi parlamentga keyingi haftada ko‘rish uchun kiritiladi, u bo‘yicha referendum esa 2017 yil yozi boshida o‘tkazilishi mumkin, deb aytdi Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim.
Turkiyaning yangi konstitutsiyasi loyihasi davlatda prezidentlik boshqaruvi shakliga o‘tishni ko‘zda tutadi. Parlament bu loyihani konstitutsion ko‘pchilik bilan ma'qullashi yoki referendumga qo‘yishi mumkin.
Yildirimning aytishicha, loyiha amaldagi konstitutsiyadan farqli ravishda, Turkiya prezidentiga partiyada a'zolik qilishni davom ettirishga ruxsat beradi.
Biroq Turkiyaning muxolif partiyalari prezident boshqaruviga o‘tishga qarshi chiqmoqdalar va Rajab Toyib Erdo‘g‘anni yakkahokimlikni o‘rnatishga intilayotganlikda ayblamoqdalar.
Ayni vaqtda Turkiyada parlament boshqaruvi amal qiladi va u Turkiya Respublikasi 1923 yilda tashkil etilgandan beri mavjud.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025