Turkiya TIV: Anqara Suriya hududiy yaxlitligi tarafdori
Turkiya tashqi siyosat mahkamasi rahbari Mavlut Chavusho‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, Anqara ma'muriyati Suriya hududiy yaxlitligi tarafdoridir.
"Biz Suriyaning hududiy yaxlitligi tarafdorimiz. Shu boisdan, yaxlitlik xususida so‘z ketganda, biz albatta, inklyuziv bo‘lishga harakat qilyapmiz, bunda barcha tomonlar qarashlari va fikrlari tinglanadi, e'tiborga olinadi", — degan Chavusho‘g‘li Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan suhbatda.
Avval xabar qilinganidek, prezident Erdo‘g‘an rahbarligidagi Turkiya Milliy xavfsizlik kengashining olti soatlik yig‘ilishi yakunida Anqara Suriya hududiy yaxlitligi tarafdori ekani xabar qilingan edi. Shunga ko‘ra, Turkiya Suriya kurdlarining demokratik ittifoqi tomonidan nazorat qilinuvchi Suriya shimolida alohida hudud paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Mavzuga oid
16:11 / 09.09.2024
Suriyada Isroil zarbasi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi
21:57 / 07.09.2024
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi - OAV
21:58 / 05.09.2024
Lavrov «qizil chiziqlar bo‘yicha hazillashmaslik kerakligi»ni aytdi
19:09 / 02.09.2024